Toşkent viloyati Olmaliq şahar 3-son bolalar şifoxonasida davolanayotgan bemorlarning murojaatlaridan söng, Kun.uz tahririyati tomonidan suriştiruv ötkazilgan edi. Unda bolalar şifoxonasi bir kun içida şahar yuqumli kasalliklar şifoxonasi binosiga köçirilgani (taajjublanarlisi, Prezidentning şaharga taşrifidan bir kun avval şoşilinç ravişda şifoxona köçirilib, eşik-romlari qöporib taşlangan), bu esa bemorlarda xavotir uyğotgani, biroq ÖzDSEN vakilining izohiga binoan turli kasalliklarni bir-biridan ajratgan holda davolaş mumkinligi haqida yozilgan edi.

Uşbu holat böyiça jarayonni örganiş çoğida boşqa köpgina masalalar, ta'bir joiz bölsa, tibbiyot sohasidagi illatlarning ayrimlari oşkor böldi.

Xususan, maktablardagi noqonuniy fond pullari Olmaliq şahar 3-son bolalar şifoxonasida ham borligi ma'lum böldi. Kantselyariya mahsulotlari uçun yo hamşira yoki bemor öz yonidan xarajat qiladi. Bundan taşqari, bemorlarga şifokorlar tomonidan qimmat dorilar (arzon va tarkibi bir xil mahalliy muqobili bölgan holda) yozilişi tahririyat muxbiri suhbatlaşgan bemorlar tomonidan ma'lum qilindi. Biz holatni öz tilimiz bilan emas, balki suhbatlaşganlarimizning tilidan boriça aks ettirişga qaror qildik.

“Bular hammasi korobka yiğadi. Nima demoqçiman? Buni isbot qilib bölmaydi-ku, lekin döxtirlarning özlari sizga yozilgan dorining qutisini olib qöyadi. Bor narsa bu. Masalan, davlat tomonidan şifoxonaga ajratilgan dori 14 ming sömlik desak, uni tugagan deyişadi va 22 minglikni yozib, şu dorini olib kel, deydi. Keyin, dorini işlatib bölgaç, uning qutisi, aniqroği ştrix-kodini ovolişadi”, - deydi xasta qizini kötarib yurgan yigit. Uning aytişiça, şifokorlar yoki hamşiralar qani doringizni körayçi, deb dorining qutisini olib qöyişadi.

Yana bir onaning aytişiça, “9800 sömlik dori bilan 32 minglik dori tarkibi bir xil bölsa-da, davolovçi şifokor aynan qimmatini yozadi”.

“Ammo, 9 ming 800 sömlikni davlat çiqarayapti, 32 minglikni firma çiqarayapti. 9 ming 800 likni emas, 32 minglikni yozadi-da, qutisini ovoladi. Ularga (şifokorlarga demoqçi) qanaqadir protsent bor bölsa kerak. Oddiy şunçaki şifokorlarning xalatidagi çöntagida ham qutilar turadi. Agar ularga manfaat bölmasa, çiqindiga taşlanişi kerak bölgan narsalarni nima qilişadi. Hamşiralar ukol qilib bölgaç, yiğişadi. Sumkalarini köring, bir neçta quti bölişi aniq”