Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bir kunda 7 ta YTH yuz berdi, 8 inson jarohat oldi
2017 yilning 14 avgust kuni Toshkent shahri hududida 7 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 8 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
2017 yilning 14 avgust kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2400 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 583 tasini qo‘pol turdagi, 26 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 14 avgust kuni jami 510 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 274 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 236 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.
Mavzuga oid
07:19
Infografika: qaysi mamlakatlarda YTH ko‘proq sodir bo‘ladi?
20:15 / 15.02.2026
Toshkentda ilk bor velotrek bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi
12:53 / 15.02.2026
Toshkentdagi YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
21:19 / 13.02.2026