«Real» hamda «Barselona» örtasida keçgan Ispaniya Superkubogining javob öyini bölib ötdi. «Santyago Bernabeu»da keçgan öyin mezbonlarning 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. 

Uçraşuvning 4-daqiqasida Asensio uzoq masofadan ter Ştegen darvozasini işğol qildi. Ikkinçi gol 39-daqiqada Benzema tomonidan kiritildi. 

Jamoalar örtasidagi birinçi öyin ham 3:1 hisobida madridliklar foydasiga hal bölgandi. Şu tariqa, «Real» Ispaniya Superkubogini qölga kiritdi. 

Ispaniya Superkubogi. Javob öyini
Real Madrid – Barselona 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 4 Asensio, 2:0 – 39 Benzema.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos (Sebalos, 80), Kovaçiç (Kazemiro, 62), Asensio (Teo, 75), Modriç, Vaskes, Benzema.
Barselona – ter Stegen, Pike (Nelson Semedu, 50), Umtiti, Alba (Din, 78), Maskerano, Rakitiç, Serdji Roberto, Andre Gomeş (Deulofeu, 72), Buskets, Messi, Suares.
Ogohlantirişlar: Suares (89).