AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, KXDR rahbari Kim Chen In Amerikaning Guam oroliga darhol zarba berish rejalaridan voz kechib, dono qaror qabul qildi.

«Kim Chen In juda aqlli va dono qarorni qabul qildi. Bunga muqobil variant qabul qilinmasdi hamda halokatli bo‘lardi», - deya yozdi Amerika rahbari tvitterdagi sahifasida.

Avvalroq AQSh kongressining sobiq a'zosi Devid Jolli KXDR Guamga zarba beradigan bo‘lsa, butunlay yo‘q bo‘lib ketishi haqida aytib o‘tgandi.