Payşanba kuni e'lon qilingan şahzoda Bandar ibn Fahd ibn Sa'd Ol Saudning ölimi Saudlar qirollik oilasining sönggi tört oyda uçinçi bor öz öğlonlaridan ayrilayotganini anglatadi.
Saudiyaning SPA yangiliklar agentlining tarqatgan xabariga köra Bandar ibn Fahd ibn Sa'd ibn Abdurrohman Ol Saud çorşanba kuni olamdan ötgan. Uning ölimi sabablari oçiqlanmayapti.
Ismsiz toş...
Bugun keçqurun Ar-Riyozning markaziy masjidlaridan birida janoza namozi öqiladi va kafanlangan şahzoda yerga qöyiladi. Ultrakonservativ qirollikda qabul qilingan qoidalarga köra, marhumning inilari va jiyanlari uni ortiqça dabdabalarsiz dafn etişadi va qabriga bir dona ismsiz toş qöyişadi.
Marhum şahzoda haqida köp narsa ma'lum emas. U Saudiya Arabistoni asosçisi qirol Abdulaziz Ol Saudning töğridan-töğri avlodi emas, şu sababli u taxtga vorislik qiliş huquqiga ega emasdi. Töğridan-töğri avlodlardan farqli ölaroq, qirol Abdulazizning jiyanlari «Qirol hazrati oliylari» unvonidan mahrum, ularga şunçaki «Janobi oliylari» deb murojaat qilişadi. Eremnews axborot agentligining ma'lumotlariga köra, marhum şahzoda mahalliy futbol klublaridan biri — «Al-Hilol»ning rahbariyatida işlagan va Saudiya Arabistonining qaror çiqaruvçi doiralaridan yiroqda bölgan.
Yana ikki ölim
Şunisi e'tiborliki, ön kunça muqaddam 8 avgust kuni Saudiya Arabistoni qirollik oilasi yana bir şahzoda — Salmon ibn Abdulloh ibn Turkiy Ol Saudning vafotini e'lon qilgan edi. Eremnews marhumning yaqinlariga tayanib, şahzoda 26 yoşda bölgani, ölimiga esa yurak xuruji sabab bölganini xabar qilgan edi.
Şu yilning may oyi boşlarida 92 yoşida yana bir şahzoda — qirollik asosçisining öğli Maşal ibn Abdulaziz Ol Saud hayot bilan vidolaşgan edi. Şahzoda Maşal turli yillarda mudofaa va aviatsiya vaziri lavozimida işlagan, şuningdek Saudiya Arabistonida nufuzi juda yuqori bölgan qasamyod kengaşi rahbari bölib işlagan.
OAVlarning ma'lumuotiga köra, Saudiya Arabistonida 5 mingdan ziyod şahzoda yaşaydi. Ularning bir qismi qirollik asosçisining töğridan-töğri avlodlari hisoblanadi va yuqori darajadagi davlat lavozimlarida işlaşadi.

















