17 avgust Ispaniya tarixida qora kunlardan biri sifatida muhrlanib qoladi. Şu kuni Barselonaning sayyohlik markazida – Rambla piyodalar köçasida miniven haydovçisi ataylab odamlar ustiga bostirib bordi. Buning oqibatida 13 kişi halok böldi, 80 kişi jarohat oldi.

Guvohlarning aytişiça, avtomobil haydovçisi köproq odamlarni bosiş maqsadida köça böylab 80 km/soat tezlikda burama harakatlar qilib 500 metrça yurib ötib, keyin kioskka borib urilgan.

Hujumdan keyin maşina haydovçisi qoçib ketgan. Ma'lum qilinişiça, uning şaxsi örnatilgan va bu Driss Oukabir ismli kimsa bölgan. U avtomobilni Barselona yaqinidagi Santa-Perpetua-de-Mogoda aholi punktida ijaraga olgan.

Aniqlanişiça, bosqinçi Ripol munitsipalitetida yaşagan, Ispaniyaning Afrikadagi anklavi bölgan Melilada tuğilgan. Boşqa manbalarga köra, u Fransiyaning Marselidan bölgan.

Ba'zi ma'lumotlarga köra, gumonlanuvçilar ikki kişi bölgan. Ulardan biri hibsga olingan, biri esa politsiya bilan otişmada öldirilgan.

Bundan taşqari, OAVning ma'lum qilişiça, jinoyatçilar yaşirinmoqçi bölgan ikkinçi furgon aniqlangan. Qurollangan odamlar restoranlardan birida qamalib olgani haqidagi ma'lumotlar tasdiqlanmagan.

Keyinroq yana bir avtomobil Diagonal tumanida 3 politsiyaçini bosib ketişga harakat qilgani haqida ma'lumot paydo bölgan. Ma'lum qilinişiça, oq rangdagi Ford Focus maşinasi politsiyaçilar talabiga köra töxtamagan va unga qarata öq uzilgan. Otişmada terrorçilardan biri ölgan, ikki politsiyaçi yaralangan.

Voqea yuz bergan hudud örab olingan. Metro yönalişlari yopilgan, şahar atrofida qatnovçi poyezdlarning markazga kelişi töxtatilgan. Hukumat odamlarga voqea joyiga yaqinlaşmaslikni tavsiya qilgan.

Ispaniya boş vaziri Mariano Raxoy va mamlakat içki işlar vaziri Xuan Ignasio Soido Barselonaga yöl olişgan.

Voqea guvohlaridan biri bölgan rossiyalik sayyoh Aleksandr Kiselevning aytişiça, dastlab odamlar bölayotgan voqealarni hazil deb öylaşgan, biroq söngra hammani sarosima çulğab olgan. “Biz voqea yuz bergan joydan bir kvartal narida, rafiqam bilan Barselona böylab ekskursiyada edik. Sayrdan keyin köçaning burçagida turgandik. Va birdan biz tomonga yugurayotgan odamlarni kördik va biz ham çopa boşladik. Çopayotgan vaqtimizda ispan tilida rusça “terakt” degan sözga öxşaş sözlarni eşitdik”, deb eslamoqda rossiyalik.

IŞID terrorçilik taşkiloti uşbu hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgan.