Tojikiston ta'lim va fan vazirligi poytaxtdagi 9-sinfni tugallagan maktab öquvçilari uçun alohida majburiy attestatsiya ötkazişga qaror qildi. Attestatsiyadan öta olmaganlar 10-sinfga qabul qilinmaydi, ular tugallanmagan örta ma'lumot haqidagi attestatni olib, maktabni tark etişga mahkum. News.tj şu haqida xabar berdi.
Duşanbedagi 9-sinf bitiruvçilari deyarli butun yoz mavsumi davomida imtihonlarga tayyorlaniş va ularni topşiriş bilan band bölişdi - dastlab bitiriş imtihonlari, keyin esa 10-sinfda öqişni davom ettiriş uçun kiriş imtihonlari. Kiriş imtihonlari yakunlariga köra qança öquvçi saralab olingani hozirça noma'lum. Ta'lim vazirligida test sinovlari ötkazilmagani, faqat suhbat bölgani ta'kidlansa-da, öquvçilarning ota-onalari test imtihonlari ötkazilgani, ba'zi öquvçilarning maktabni tark etişga majbur bölgani haqida aytişmoqda.
Umuman olganda bunday "saralaş" ötkazilişiga joriy yilning yanvarida ikki ösmirning piçoqbozligidan keyin qaror qilindi. Öşanda ösmirlar "jangi" ikki nafarining ölimi bilan tugagandi.
2017 yilning 30 martida Ta'lim va fan vazirligi Duşanbedagi örta maktablarda öqişni davom ettirişning yangi tartibini belgilab bergan. Endilikda öquvçilarning 10-sinfda öqişni davom ettirişi uçun ularning 9-sinf böyiça baholari va majburiy attestatsiya natijalariga qaraladi.
Ta'lim vazirligida gap tölaqonli qöşimça imtihonlar emas, faqat suhbat haqida ketayotgani alohida ta'kidlangan.
Vazirlikning örta maktab ta'lim boşqarmasi boşliği Abdujabbor Aliyevning ma'lum qilişiça, 10-sinfga saralaş böyiça talablar faqat öğil bolalarga nisbatan qöllaniladi. "Bola yaxşi baholarga öqigan bölsa-yu, xulqi qoniqarsiz bölsa, maktab tartib-qoidalarini buzgan bölsa, 10-sinfga qabul qilinmasligi mumkin", - deydi Aliyev.
"Qiz bolalar esa, 9-sinf yakunlari böyiça qanday örta ball olişlaridan qat'i nazar, öqişni davom ettirişlari mumkin".
















