Bekobod şahrida 5 mingta «Ariston» suv isitgiçlari örnatiladi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev Bekobod şahri faollari bilan uçraşuvda ma'lum qilgan. 

ÖzA xabariga köra, isitgiçlar kreditlar asosida xarid qilinadi va turay-joylarda örnatiladi. 

Bekobodda köp tarmoqli tibbiyot muassasalari quriladi va rekonstruksiya qilinadi, bunga 20 milliard söm mablağ yönaltiriladi. 

Prezident Bekoboddagi «Paxtakor» mahallasiga taşrifi çoğida oddiy odamlar bilan uçraşib, samimiy muloqot qildi. 

«Biz bu yerga bekobodliklarning savollariga javob topiş, xalq bizga bergan işonçni oqlaş maqsadida kelganmiz» — deya Şavkat Mirziyoyevning sözlari keltirilgan uning feysbukdagi rasmiy sahifasida.

«Bu yerda 50 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ularga 37ta xususiy uy-joy mulkdorlari şirkati xizmat körsatadi», — deyilgan sahifa xabarida.

Şavkat Mirziyoyevga hudud markazida bunyod etilişi közda tutilayotgan Yagona hisob-kitob markazi va namunali mahalla fuqarolar yiğini binolarining loyihalari taqdim qilingan.

Şavkat Mirziyoyev kuz-qiş mavsumida xonadonlarni isitiş loyihasi bilan tanişar ekan, aholiga qulay şaroitlar yaratiş maqsadida yaqin kelajakda Bekobod şahridagi barça xonadonlarni isitiş moslamasi bilan ta'minlaş işlarini taşkil etiş yuzasidan mutasaddilarga tegişli körsatmalar bergan.