Jahon | 08:05 / 19.08.2017
8111
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh IShIDni mag‘lub qilgandan keyin Suriyani tark etishga va'da berdi 

Foto: AFP

AQSh IShID terrorchilik guruhi yakson qilingandan keyin Suriyada qolmoqchi emas. Bu haqda AQSh davlat departamenti vakili Xizer Nauert ma'lum qildi. 

“Bizning maqsad IShIDni mag‘lub etishdir va bundan bo‘lak narsa emas. Biz Suriyani AQSh yoki boshqa kuchlar emas, suriyaliklar boshqarishini istaymiz”, deb aytdi Nauert.

Avvalroq Suriya armiyasi IShIDning Xoms viloyatidagi so‘nggi eng yirik tayanchini bosib olgani ma'lum qilingandi.  

Avvalroq “Suriya demokratik kuchlari” vakili Talal Selo Reuters axborot agentligiga amerikalik harbiylar IShID ustidan g‘alaba qozongach, Suriyaning shimolida qolmoqchi ekanligini aytgandi. Uning aytishicha, AQShda “o‘nlab yillar oldinga strategiya mavjud”. 

Mavzuga oid