Toşkent viloyati içki işlar organlari Zangiota tumanida 3 kişini qasddan öldirişda gumon qilinayotgan M.Musayevni qölga oldi. Bu haqda Uznews.uz xabar bermoqda. Mazkur xabarni viloyat IIB mulozimi ham Kun.Uz tahririyatiga tasdiqladi.
2017 yil 14 avgustda muqaddam sudlangan 38 yoşli erkak «Turobobod» mahallasi Turkiston köçasida istiqomat qiluvçi 79 yoşli M.K.ning uyiga mehmon bölgan. Uy egasi notaniş kişining tunaşiga ruxsat bergan. Yarim tunda M.Musayev uy egasi M.K., uning 66 yoşli nogiron singlisi Ş.K. va 50 yoşli qizi Ş.A.ni böğizlab, öldirgan. Şundan söng, uydagi oltin kabi qimmatbaho buyumlarni olib yaşiringan.

Jinoyatni foş etişga uşbu mahalla köçalariga joylaştirilgan taşqi kuzatuv kameralari qayd etgan videoyozuvlar yordam bergan.
Sud tomonidan M.Musayevga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi körilgan.
Ayni vaqtda uşbu iş böyiça dastlabki tergov harakatlarini viloyat prokuraturasi olib bormoqda.

















