AQŞ prezidenti Donald Tramp öz yordamçilariga strategik masalalar böyiça maslahatçisi Stiv Bennonni iste'foga çiqarmoqçi ekanligini ma'lum qilgan. Bu haqda The New York Times  naşri xabar bergan. Keyinroq bu ma'lumot Oq uyda ham tasdiqlangan.

Oq uy Bennonning iste'foga çiqarilişi böyiça kelişuvga kelingani haqidagi bayonotni tarqatgan. “Oq uy xodimlari apparati boşliği Jon Kelli va Stiv Bennon bugun Stivning Oq uydagi oxirgi kuni ekanligi haqidagi kelişuvga kelişgan. Biz unga qilgan işi uçun minnatdorlik bildiramiz va unga barça ezgu niyatlarni tilab qolamiz”, deb aytilgan bayonotda.

NYT manbalarining ma'lum qilişiça, Tramp ma'muriyatining yuqori lavozimli amaldorlari Bennonni qanday qilib va qaçon böşatiş mumkinligini muhokama qilişgan. Manbalarning ta'kidlaşiça, Tramp Bennonning böşatilişi sababli yaqin atrofida ixtilof yuz berişi mumkinligidan xavotirlanmoqda va Bennonni yana bir qança vaqtga lavozimida qoldirişi mumkin.

Bu orada Bennonga yaqin bölgan manbaning ta'kidlaşiça, Oq uyning boş strategi özi iste'foga ketişni istab, 7 avgustda bu haqda ariza topşirgan. Biroq buni Şarlottsvilldagi tartibsizliklar tufayli keyinga qoldirişga töğri kelgan.

Bennonning böşatilişi haqidagi gaplar ançadan beri paydo bölgandi. Avvalroq Axios naşri AQŞ prezidentiga yaqin manbalarga iqtibos keltirgan holda Tramp maslahatçisini Oq uydan ma'lumotlar sizib çiqişiga aloqadorlikda gumon qilganini ma'lum qilgandi. Manbaning ma'lum qilişiça, Tramp Bennon borasidagi şubhalari xususida Oq uydagi hamkasblari bilan golf-klubda gaplaşgan.

Naşr ma'lumotlariga köra, Tramp Bennonni milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Gerbert Makmaster borasidagi ma'lumotlarning sizib çiqişi taşabbusçisi deb hisoblagan. Bundan taşqari, Tramp Bennonning Bloomberg Businessweek naşri jurnalisti Joş Grin bilan yaqindan hamkorlik qilişidan norozi bölgan.