Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda basseyndan chiqa olmagan ayol Facebook orqali yordam so‘radi
AQShda basseynda cho‘milayotgan ayol undan chiqa olmagandan keyin Facebook orqali do‘stlari va obunachilariga yordam so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda ABC telekanali xabar bergan.
Ta'kidlanishicha, ushbu voqea Nyu-Gempshir shtatida yashovchi 61 yoshli Lesli Kan bilan yuz bergan.
U o‘z uyi hovlisida joylashgan basseynda bir o‘zi cho‘milayotgan bo‘lgan. U basseyndan zinapoya orqali chiqmoqchi bo‘lganda, zinalardan biri sinib ketgan va ayol basseyndan chiqa olmagan.

Voqea yuz bergan vaqtda uyda boshqa hech kim bo‘lmagan. Shunda ayol sachok yordamida yaqin orada yotgan iPad’ni o‘ziga tortib olib, o‘zi yashaydigan tuman aholisining Facebook’dagi guruhiga yordam so‘rab xabar yozgan. U e'tiborni jalb qilish maqsadida yozuvga favqulodda xizmatlar telefon raqami – 911’ni qo‘shib qo‘ygan.
Mavzuga oid
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026
Eron Bahrayn va Kuvaytdagi AQSh harbiy obektlarini nishonga oldi
12:20 / 08.07.2026