Aston Martin sport avtomobillari işlab çiqaruvçisi Montereydagi kimoşdi savdosida rekord örnatdi: noma'lum xaridor 1956 yilda işlab çiqarilgan DBR1 modeli uçun 22,6 million dollar töladi. Bu haqida CNN Money xabar berdi. 

Şu tariqa Britaniya avtomobillarining kimoşdi savdosida rekord yangilandi. Bundan oldingi rekord bir yil avval, 1955 yilgi Jaguar D-Type 21,8 million dollarga sotilganida qayd etilgandi. 

Sotheby's kimoşdi uyi DBR1'ni «Aston Martin tarixidagi eng muhim model» deb atadi. Sotilgan avtomobil - kompaniya tomonidan işlab çiqarilgan beş DBR1'ning eng birinçisi hamda oçiq savdoga qöyilgan yagona şunday avtomobil sifatida e'tirof etilgan. 

DBR1 avtomobillari 1956 yildan 1959 yilgaça işlab çiqarilgan. Rekord narxga sotilgan avtomobil 1959 yildagi «Nyurburgringning 1000 km'i»poygasida ğolib bölgan.