Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyati Bekobod tumani faollari bilan yiğilişda sözga çiqib, ayni paytda yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning mohiyati haqida gapirdi.

«Şiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda bizning jonajon Vatanimiz öz mavqei va örnini topişi, dunyo hamjamiyati bilan munosib aloqalarda bölişi va bunday aloqalarda Özbekiston manfaatini öz joyiga qöyiş harakatidamiz.

Çiqarayotgan barça qonun va qarorlarimiz tagida, zamirida bir narsa — odamlarni rozi qiliş, ularning dardini biliş, his qiliş mavjud. Pastga tuşib, odamlarning dardi bilan yaşaş — yakkayu yagona va eng ulkan maqsadimizdir», — dedi Prezident.

«Şu sababli Toşkent viloyatiga uçinçi marta kelayapman. Nima uçun? Toşkent viloyati mustaqillik yillarida hamma soha böyiça rivojlanişda ortda qolgan, bu kimgadir yoqişi-yoqmasligidan qat'i nazar, tan olinişi kerak, çunki bu — aççiq haqiqat. Lekin şunça keng imkoniyatlari, yer osti, yer usti boyliklariga, salohiyatli, zabardast mehnatkaşlarga ega bölgan viloyatdagi ahvol bugungi zamon talablariga javob bermaydi».

Virutal qabulxonamizga, xalq qabulxonalariga odamlar tomonidan yuborilayotgan köplab masalalarga e'tibor berilsa, keçirasizlaru, boşqa viloyatlarga nisbatan olib qaralganda, oddiy insonlarning muammolari yeçilmayotgani ham haqiqat. Mustaqillik yillarida viloyatga ega topilmadi, biror bir barakali hokim boşqaruvga kelmadi, desak ham haqiqat böladi.

Bilasizlarmi, men ham ikki viloyatning hokimi bölganman. Öziga yaraşa oğir viloyatlar edi. Biroq Vataniga sadoqatini öz mehnati bilan körsataman, şu xalqqa xizmat qilaman, degan vatandoşimiz uçun Toşkent viloyatidagidek imkoniyat, bu yerdagi xalq va salohiyat boşqa joyda yöq, desam menga işoninglar», — dedi Şavkat Mirziyoyev.