Rossiya premer-ligasining 7-turidan örin olgan markaziy uçraşuvda Moskvaning «Spartak» klubi «Lokomotiv»ni qabul qildi.
Uçraşuvning birinçi bölimida mezbonlar ikkita gol kiritib, hisobda oldinga çiqib olişgandi. Biroq bölim sönggida Aleksandr Samedov simulyatsiya işlatgani sabab, ikkinçi sariq kartoçka olib maydonni tark etişi öyinda tub buriliş yasadi.
«Temiryölçilar» boş murabbiyi ikkinçi bölim arafasida bir neça özgarişlarni amalga oşirdi. Jumladan Özbekiston terma jamoasiga nomzod bölgan Vitaliy Denisov ham bölim boşidan maydonga tuşirildi. Natijada bu özgarişlar özini oqladi va jamoa nafaqat hisobni tenglaştirişga, balki 4:2 hisobida oldinga çiqib olişga ham ulgurdi. Kvinsi Promesning hisobni qisqartiruvçi goli esa amaldagi çempionlarga heç qanday umid bermadi.
Uşbu ğalabadan keyin «Lokomotiv» hisobidagi oçkolar soni 16taga yetdi va jamoa turnir jadvalida karvonboşiga aylanib oldi. Vitaliy Denisov esa may oyida belidan olgan jarohatidan uç oyga yaqin vaqt ötib ilk marta zaxiradan maydonga tuşdi va 45 daqiqa davomida maydonda töp surdi.
Turning yana bir uçraşuvida «Ural» TsSKAni qabul qilib nursiz durang qayd etdi.
Rossiya premer-ligasi, 7-tur
Spartak – Lokomotiv 3:4 (2:0)
Gollar: Gluşakov (30), Luis Adriano (43), Promes (90+2) – Barinov (48), Mirançuk (68), Kolomeytsev (83), Fernandeş (90+1).
Spartak: Selixov, Bokketti, Taşçi, Yeşçenko, Kombarov, Paşaliç (Fernando, 73), Gluşakov, Ananidze (Melgarexo, 46), Samedov, Promes, Luis Adriano.
Lokomotiv: Gilerme, Peyçinoviç, Kverkveliya, Ribus (Denisov, 46), Mirançuk, Barinov (Kolomeytsev, 78), Fernandeş, Tarasov (Mirançuk, 46), Farfan, Denisov, Ignatev.
Ogohlantirişlar: Samedov (27), Mirançuk (59), Fernandeş (63), Ignatev (72).
Çetlatiş: Samedov (45, Spartak).
Ural – TsSKA 0:0
Ural: Godzyur, Kulakov, Aroyan, Balajits, Merkulov, Fidler (Portnyagin, 82), Bavin (Yemelyanov, 68), Çanturiya, Bikfalvi, Grigorev (Yevseyev, 61), Ilin.

















