Bekobod tumaniga işçi taşrif bilan borgan Prezidentimiz tuman faollari bilan yiğilişda sözga çiqdi. Yiğilişda mamlakatimiz prezidenti muhim masalalardan biriga e'tiborini qaratdi.
«Ayollarning işini oson qiliş uçun keyingi 5 yilda Özbekistonda tuğilgan 100 foiz bolalarning boğçaga borişini ta'minlaymiz», — dedi Şavkat Mirziyoyev.
«1-sinfga yangi qabul qilingan, maktabdan avval bolalar boğçasiga borgan va boğçaga bormagan bolani soliştirib köringlar. Ularning saviyasini, közlarining yonişi; bayroq, madhiya, Amir Temur bobosi kim, Birinçi prezidentimizni va Vatanni bilişi töğrisida savolga tutib köringlar. Kollektivni bilişi töğrisida, soğligi töğrisida, kasal bölmaslik uçun nimalar qilişi töğrisida söranglar. Ular boğçada öz vaqtida yotib dam oladi, uç mahal ovqatlanadi, rasm çizişni örganadi, salom berişni biladi. Unday bolalarning saviyasi mutlaqo boşqaça böladi», — dedi Prezident.
«1991–1992 yillarda Mirzo Uluğbek tumanida, bizga birov aytmagan edi, lekin öşa paytlari biz bolalar boğçalarida kiçik kiçik basseynlar qilar edik. Nima uçun? 2–3 yaşar bola suv havzasida çömilişni örgansa, 7 yoşgaça ularning 70 foizi dori içmasdan, kasallikka yöliqmasdan soğlom bölib ulğayişadi. Agar bolalar avvalo bolalar boğçalarida yetuk tarbiyaçilar qölida soğlom bölib tarbiya topsa, u maktabga bilim olişga, kuraşga tayyor holda keladi.
Şularni hisobga olib, agar qöllab-quvvatlasalaring, men bugun topşiriq berdim, 2018 yilda Bekobod şahri va tumaniga qança bolalar boğçasi kerak bölsa, 100 foiz ta'minlanadi. Buni «Bekobod şahar namunasi», deb ataymiz», — dedi Şavkat Mirziyoyev.

















