Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev va Moskva meri Sergey Sobyanin Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ehtimoliy vorislari reytingiga boşçilik qilmoqdalar. "Kommersant" naşrining yozişiça, reyting “Peterburgskaya politika” jamğarmasi tomondan tuzilgan.
Reytingni tuzuvçilar siyosatçilarning yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari, ommaning ulardan kutayotgan umidlari, faolligi, mojaroga bormasligi, ularga qarşi kampaniya mavjudligi hamda Putin bilan qançalik köp uçraşişlari kabi körsatkiçlarni hisobga olganlar. Mutaxassislarning fikriça, yetakçi yigirmatalikka kirgan odamlar 2018-2024 yilgi hukmron elitani şakllantiradi. Bunda “voris” tuşunçasi keng talqin qilinib, nafaqat prezident lavozimi bilan çeklanadi.
Reytingdagi örinlarga kelsak, unda 21 ball bilan 1-örinni boş vazir Dmitriy Medvedev egallagan. Tuzuvçilar fikriça, Medvedev Korrupsiyaga qarşi jamğarma tomondan unga qarşi bahorda çop etilgan tergov bilan boğliq “salbiy reyting dinamikasini” yengib ötişga muvaffaq bölgan.
Moskva meri Sergey Sobyanin 19 ball bilan 2-örinni, Tula viloyati gubernatori, Putin xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi Aleksey Dyumin 18-ball bilan 3-örinni egallagan.
Yetakçi öntalikka şuningdek Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu, Federatsiya kengaşi spikeri Valentina Matviyenko, sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrin, prezident ma'muriyati rahbari Anton Vayno, uning örinbosari Sergey Kiriyenko, Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin va "Rosneft" rahbari Igor Seçin kiritilgan.
Reytingdan hattoki Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov (13-örin) va Korrupsiyaga qarşi jamğarma boşliği, muxolifatçi Aleksey Navalniy (18-örin) ham örin olgan.

















