KUN.UZ tahririyatining Farğona viloyatiga safari davomida köplab murojaatlar örganildi. Fuqarolar bilan dildan suhbat qilindi. Eng muhimi, murojaatlar yuzasidan bir qator savollarga mutasaddi rahbarlar ham izoh berdi. Xususan, Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev bilan ijodiy safarning ikkinçi kunida suhbat qurişga muvaffaq böldik.

Aholi murojaatlari bilan işlaş

Odamlarning murojaatiga mahalliy davlat idoralaridagi hokim, uning örinbosarlari yoki boşqaruv idoralari rahbarlari befarq bölsa, unda Özbekiston Respublikasining fuqarolari kimga murojaat qilişi kerak? Albatta, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga çiqişayapti, Virtual qabulxona orqali tuşayotgan murojaatlarning işi nazoratga olingan. Viloyatimiz aholisi qariyb 3 million 700 ming kişini taşkil qiladi. Gap murojaatlarning sonida emas, davlat idoralariga, mahalliy hokimlik idoralariga ariza yoki iltimos bilan murojaat qilgan fuqaro masalasining yeçimidir. Masala yeçilmadimi, u murojaat heç qaçon nazoratdan olinmaydi. 

Söx tumani haqida

Farğona viloyatida 15 ta tuman bölsa, ulardan biri Söx tumani. Bugungi kunda tölaqonli işonç bilan aytiş mumkinki, Farğona viloyati tarkibidagi Söx tumani boşqa tumanlar qatori Farğona viloyati tarkibidan, Özbekiston Respublikasi hududidan ajralib qolib yoki anklavligi bugun fuqarolar tomonidan, umuman agar anklav hudud, deydigan bölsak, bugungi vaziyatdan kelib çiqib – bu notöğri böladi. Sabab yaratilgan şaroit. Söx tumanining fuqarolari bugun qariyb 88 mingdan ortiq kişini taşkil qiladigan bölsa, u yerda yaşayotgan fuqarolarning millatidan qat'i nazar, Özbekiston Respublikasi, jumladan, Farğona viloyatining har qaysi tuman, şaharlariga, mamlakatimiz poytaxtiga ham bemalol borib kelişlari uçun imkoniyat yaratilgan. Qöşni Qirğiziston Respublikasi bilan örnatilgan döstona aloqalar, özaro kelişuv bitimlari tufayli Söx tumani fuqarolariga bugungi kunda kiriş-çiqiş yoki zarur şaroitga asosan Söx tumaniga viloyatning boşqa tumanlaridan bölgan fuqarolarning kelib-ketişi, boşqa tadbirlarning barçasi qöşni davlatlar bilan normativ hujjatlar bilan tartibga olingan.  

Aholini uy-joy bilan ta'minlaş 

Viloyatimizda aholi sonidan kelib çiqadigan bölsak, yoşlar 1 million 460 mingdan ortiqroqdir. Bugungi kunda bizga yoşlarimizdan bölayotgan murojaatlar bu – yoşlarni uy-joylar bilan öz vaqtida ta'minlab beriş masalasi. Viloyatda ötgan yillarga nisbatan bu yil jami 49 ta köp qavatli uy qurilişi rejalaştirilgan bölib, tumanlarda ham 3 qavatli uylar qurilmoqda. Davlat dasturiga asosan, bu yil 1228 ta arzon, namunali qişloq uylari, bundan taşqari, Prezidentimizning Farğona viloyatiga taşriflaridan keyin, 920 ta 2-3 qavatli arzon uylar tumanlarda quriladi. Bu yil rejamizda Marğilonda 18 ta köp qavatli uy va Qöqon şahrida 21 ta köp qavatli uylarni foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan. Hozirgi kunda quriliş işlari jadal ketmoqda.