Jahon | 17:55 / 22.08.2017
25530
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR Guam oroliga uyushtiriladigan taxminiy hujum  videosini taqdim etdi

Foto: Time

Shimoliy Koreya AQShning Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlariga javobi aks etgan videosini taqdim etdi. YonhapNews shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi

Videoda Shimoliy Koreyaning «Xvasong-12» raketasi Guam oroliga zarba berayotgani aks etgan. Titrlarda amerikaliklar endi raketalar qachon ishga tushishini kutib, kunu tun uxlamasdan, "ko‘zlarini keng ochib, quloqlarini ding qilib" yashashlari kerakligi ifodalangan. 

Rolikda Amerikaning yetakchi siyosatchilarini ko‘rish mumkin - prezident Donald Tramp qabristonga qarab turibdi, vitse-prezident Mayk Pens gulxan qa'rida tasvirlangan, mudofaa vaziri Jyeyms Mettis "ikki karra o‘ylab ko‘rish"ga chaqiruvchi yozuvlar fonida ko‘rsatilgan. 

Mazkur video KXDRning 17,5 ming AQSh harbiysi va 50 ming Janubiy Koreya askari ishtirok etayotgan "Ulchi - ozodlik himoyachisi" qo‘shma mashg‘ulotlariga javob reaksiyasi bo‘ldi. Koreyaning Markaziy telegraf agentligi AQShning "Pxenyan hech qanday qaror qabul qilmaydi" deb o‘ylashi noto‘g‘ri ekanini ta'kidladi. 

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid