UFC’ning yengil vazndagi çempioni Konor Makgregorning fikriça, boks böyiça beş vazn toifasidagi sobiq çempion kiçik Floyd Meyvezer unga öxşaş bölgan sparring şeriklarni topa olmayapti. Bu haqda The Maclife xabar berdi.
«Aralaş usuldagi qaysi jangçi menga öxşaş? U Bryus Lini tiriltirib kelişi lozim böladi. Faqatgina u Floydga mening ijroimda körişi mumkin bölgan narsani körsatişi mumkin edi», - deya ma'lum qildi Makgregor.
Uning sözlariga köra, u MMA’ning boşqa jangçilari va boksçilarga öxşaş emas.
Irlandiyalikning ta'kidlaşiça, Meyvezer bilan jangda «öz ligasida» ekanini isbotlab beradi.
Avvalroq Meyvezer Makgregor jangda oyoği bilan zarba beradigan bölsa, qança mablağni yöqotişini aytgandi.












