Ma'lum qilinishicha, bu galgi dastur Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘ bosh sahnasida emas, «O‘zbekiston xalqaro forumlar saroyi»da konsert ko‘rinishida o‘tkazilishi belgilangan. Shuningdek, unda xorijiy san'atkorlardan biri ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, 28 avgustda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Sharq taronalari musiqa festivalining tantanali konsert dasturida ishtirok etgan mahalliy san'atkorlar keyingi katta tadbirda ishtirok etmaydi.

Manbaning ma'lumot berishicha, bu holatda Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonovaning har ikkala konsertda ishtirok etishi istisno sanaladi. Mustaqillik bayrami arafasida o‘tkaziladigan konsert tashkiliy masalasida estrada xonandalariga katta e'tibor qaratilgan.