AQŞ mudofaa vaziri Jyeyms Mettisning fikriça, IŞID terrorçilik guruhi Iroqdagi sönggi tayanç nuqtasini himoya qilmoqda hamda “uning kuni bitib qolgan”. Pentagon rahbarining tegişli bayonotini Associated Press agentligi tarqatdi.

"Tuşuning, IŞID hozir halqaga örab olingan. Şuning uçun uning kuni bitib qolgan. Biroq guruh hali yakuniy ravişda tor-mor etilmadi, hamda bu yaqin orada röy bermaydi", - degan ayni vaqtda Iroqda bölib turgan Mettis. Uning ta'kidlaşiça, hozirda “IŞID özining sönggi jangini olib bormoqda”.

Avvalroq Pentagon rahbari Iroqqa e'lon qilinmagan taşrif bilan kelgani xabar berilgandi.