Jamiyat | 07:34 / 22.08.2017
5919
1 daqiqa o‘qiladi

Sud Johnson & Johnson zimmasiga saratonga chalingan ayolga 417 mln dollar to‘lash majburiyatini yukladi

Foto: AP

Los-Anjyeles sudi Johnson & Johnson farmatsevtik korporatsiyasi zimmasiga uning mahsulotini ishlatgandan keyin saratonga chalinganini aytgan ayolga 417 mln dollar tovon puli to‘lash majburiyatini qo‘ydi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. Tovon puli miqdori bunday ishlar uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. 

Sudyaning aytishicha, kompaniya o‘z mahsulotlarini qo‘llaganda saratonga chalinish xavfi borligidan iste'molchilarni o‘z vaqtida ogohlantirmagan. 

Ta'kidlanishicha, AQShda mingdan ko‘proq odam kompaniyaga qarshi shunday da'vo arizasi bergan. 

Avvalroq Sent-Luis sudi ushbu kompaniya zimmasiga saratonga chalingan ayolga 110 mln dollar to‘lab berish majburiyatini qo‘ygandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid