O‘zbekiston | 15:30 / 22.08.2017
9670
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyalari tashkil etildi

Bugungi kunda Toshkent  shahrida 4 ta yangi kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi tashkil qilinib, faoliyati yo‘lga qo‘yilayapti. Bular “Mirzo Ulug‘bek kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi” AJ, “Olmazor kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi” AJ, “Chilonzor kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi” davlat unitar korxonasi, “Bektemir kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi” davlat unitar korxonasidir. 

Toshkent shahri hokimiyati huzuridagi “Binolardan foydalanish departamenti” davlat korxonasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida shu haqda ma'lum qilindi. 

Bundan tashqari, “Sergeli kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi”, “Yunusobod kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi” va “Yakkasaroy kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi” davlat unitar korxonalari diretsiyalari samarali faoliyat olib bormoqda. 

Anjumanda ma'lum qilinishicha, yuqorida ko‘rsatilgan kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik sub'yektlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida qulay shart-sharoitlar va qator imtiyozlar taqdim etilmoqda.

“Xususan, bu yerda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni istagan tadbirkorlik sub'yektlariga bino va inshootlar 10 yil muddatga ijara asosida taqdim etiladi. Ular shartnomada belgilangan investitsiya kiritish va eksportga yo‘naltirilgan, import o‘rnini bosuvchi hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari barpo etish bo‘yicha shartlar muttasil bajarib kelinsa, ijara shartnomasi o‘z-o‘zidan yana 10 yil muddatga uzayadi. Shu bilan birga, ishlab chiqarilgan mahsulotlarining kamida 30 foizi eksport qilingan korxonalar daromad va mulk solig‘ini to‘lashda imtiyozlarga ega bo‘ladi. 

Mavzuga oid