Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati agrarchilari qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta'minlanadi
Prezidentning 21.08.2017 yildagi PQ-3228-son “Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligining texnik jihozlanganligini yanada oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Qaror bilan Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Bo‘ka, Quyi Chirchiq va Chinoz tumanlari fermer xo‘jaliklari va mashina-traktor parklariga 2017-2019 yillarda lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishning prognoz parametrlari tasdiqlandi.
Yetkazib berish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari va qishloq xo‘jaligi korxonalarining o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Lizing shartnomasi mavjud bo‘lganda va haqiqatda avans to‘lovi amalga oshirilganda (lizing obekti qiymatining kamida 20%i) Jamg‘arma tomonidan moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratiladi.
Yetkazib berish lizing asosida «O‘zagrolizing» AJ orqali yillik 2%dan ko‘p bo‘lmagan foiz stavkasi bilan rejalashtirilgan hajmda har yili 1 dekabrga qadar amalga oshiriladi.
«O‘zagrolizing» AJ va Toshkent viloyati lizing oluvchilari o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtirishda lizingning quyidagi muddatlari ko‘zda tutiladi:
• fermer xo‘jaliklari uchun - 12 yilgacha;
• «Toshkent Agroservis MTP» MChJ uchun – 10 yilgacha.
«O‘zagrotexsanoatxolding» AJ qishloq xo‘jaligi texnikasini o‘z vaqtida ishlab chiqarish va yetkazib berilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
09:05 / 12.06.2026
120 ming dollarlik qalbaki pulni sotishga uringanlar qo‘lga olindi
10:30 / 10.06.2026
Toshkent – vodiy yo‘lining bir qismida maksimal tezlik pasaytirildi
09:00 / 10.06.2026
Zangiotada yirik kumush savdosiga chek qo‘yildi
11:50 / 08.06.2026