22 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bölib ötdi. Uni komissiya raisi Mirzo-Uluğbek Abdusalomov boşqardi.
Majlisda Andijon va Jizzax viloyatlari davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining böşab qolgan örinlarga Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolari saylovi böyiça 2017 yil 21 avgust kuni ötkazilgan qöşma majlislari bayonnomalariga asosan Sodiqjon Turdiyev hamda Muhammad Jumagaldiyevni Oliy Majlis Senati a'zolari etib röyxatga oliş töğrisida qaror qabul qilindi.
Eslatib ötamiz, şu oy boşida Sodiqjon Turdiyev Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengaşi ijro qömitasi raisi va Özbekiston fermerlar kengaşi rahbarligidan ketib, Andijon viloyati Jalaquduq tumaniga rahbar etib tayinlangandi.
Muhammad Jumagaldiyev esa 2010 yilga qadar «Xalq banki»da rais bölgan.











