Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko sentabrda BMT Boş assambleyasida Donbassga tinçlikparvar kuçlar kiritilişini taklif qilmoqçi.

“Keyingi oyda men BMT Boş assambleyasida Donbassga tinçlikparvar kuçlar kiritilişi ğoyasini kiritmoqçiman”, deb aytgan Poroşenko.

U “normand törtligi” doirasidagi telefon muloqotida bu ğoyani ilgari surganini eslatib ötdi. U şuningdek Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining maxsus monitoring missiyasini qurollantirişni taklif qildi.

“BMT tinçlikparvar missiyasi va YeXHTning qurollangan missiyasi masalasi juda oğir surilmoqda, bu Rossiyaning istamasligi sabablidir”, deb aytgan Poroşenko.  

U şuningdek 22 avgust keçki vaqt “normand formati”da telefon muloqoti bölib ötişini ma'lum qilgan. Unda Poroşenko yangi öquv yili arafasida, ya'ni 25 avgust yoki 1 sentabrdan Donbassda tinçlik örnatişni taklif qilmoqçi.

“Muzokaralar davomida bolalar oxir-oqibat maktabga bora olişlari uçun 25 avgust yoki 1 sentabrdan öt oçişni töxtatiş tartibi e'lon qilinişi masalasi muhokama qilinadi”, deb aytgan Poroşenko Lugansk viloyatidagi çiqişida.

Ukraina prezidenti Kiyev Donbassdagi jangovar harakatlar avj olişi taşabbusçisi bölmasligini, biroq hujum qilişga istalgan urinişlar qat'iy qarşilikka uçraşini aytgan. 

“Sizga yana bir bor aytmoqçiman, Ukraina hukumati jangovar harakatlar avj olişi sababçisi bölmagan va bölmaydi, biroq Rossiya va uning qöğirçoqlarining bunga istalgan urinişlari qa'tiy va murosasiz qarşilikka uçraydi”, deb aytgan Poroşenko.