23 avgust kuni ÖzMTRK Media markazida Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasi bölib ötdi. Unda Xalq ta'limi vazirligi rahbariyati iştirok etib, jurnalistlar bilan muloqot olib bordi. Uning boşlaniş qismida XPK raisi Şerzodxon Qudratxöjayev Press-klub faoliyatiga qisqaça töxtalib ötdi. 

«Biz ötgan haftalar mobaynida respublika viloyatlariga çiqdik. 16 kun içida 10 viloyatda böldik. Biz özimizga yaraşa xulosalar qildik va bu böyiça loyihalar tayyorlayapmiz. Bizning maqsadimiz, Prezident islohotlarining joylardagi bevosita ijroçilari, hokimlarni xalqqa yaqindan taniştiriş edi. Biz katta avlod, xorij siyosatçilarini bilardik, ammo joylarda katta özgarişlarning boşida turganlarni yaxşi bilmasdik», dedi u. 

Qudratxöjayev şuningdek, XPKning asosiy vazifasiga töxtalar ekan, Press-klub vazirlik yoki hokimiyat idorasi emasligini yodga olib, u jurnalistlar axborot olişi uçun maydonça ekanini ta'kidladi. 

«Press-klub vazirlikmas, körsatuvmas, aslida. Press-klub muloqot uçun, jurnalistlar axborot olişi uçun maydonça. Ba'zan formatdan çiqib ketiş holatlari ham böldi. Tok-şouga aylanib qoldi. Ammo, bunga ham ehtiyoj bölgani sababli şunday yöl tutildi. 

Bugungi sessiya Press-klubning öz formatiga qaytişi böladi. Ya'ni jurnalistlar va vazirlik hamda idoralar vakillari örtasida fikr almaşişni yölga qöyiş», degan Qudratxöjayev. 

Press-klubning jonli efirga çiqişi bekor qilingani körsatuvlar jadvalining torligi va XPK kabi körsatuvlar katta efir vaqtini olib qöyilayotgani bilan izohlandi.