Bugun, 6 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bölib ötdi.
Majlisdan keyin Markaziy saylov komissiyasi a'zosi Şerzodxon Qudratxöjayev Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida saylov natijalari haqida öz fikrlarini bildirib ötdi.
«Majlisimiz tugadi va ijtimoiy tarmoqlarda birinçi reaksiyalarni körişni boşladik. Bu parlament saylovi bizga bugundan boşlab özgarişimiz lozimligini körsatdi. Saylov paytida kördikki, siyosiy partiyalarga saylovçilarni, elektoratning qanday talablari bor, ular qanday özgarişi kerak. Nima uçun qaysidir ma'noda saylovga keliş kam böldi? Bu safar hammasi haqqoniy, rost körsatildi. Partiyalar özgarişlar böladi deb köp va'dalar berişdi.
«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi 3-öringa çiqdi, Xalq demokratik partiyasi 4-öringa tuşdi. Bu jiddiy signallar. Bu nafaqat Markaziy saylov komissiyasi, saylov komissiyalariga emas, bu signallar siyosiy partiyalarga. Siyosiy partiyalarning nomzodlari saylov paytida juda köp va'dalar berişdi. Öylaymanki, bugundan boşlab, saylov natijalaridan kelib çiqib, siyosiy partiyalar özining yangi dasturini tuzişi kerak. Çunki kelayotgan saylovlar ham ham juda tez vaqtda kelib qoladi. Örtada yana prezident saylovlari bor.
Şuning uçun aytmoqçimanki, siyosiy partiyalar, siyosiy kuçlarimiz bugungi saylov natijalarini ilmiy tadqiqot natijasi ölaroq körişi kerak. Uni örganişi kerak, uning asosida yaqin 5 yilda qiladigan dasturini tayyorlab çiqişi kerak.
Yana yaxşi yutuqlar ham bor. Masalan, eng yoş deputatimiz 26 yoş. Yana bir özgariş böldiki, ötgan parlamentda 24 nafar ayol bölgan ekan, bu safargi parlamentda 48 nafar, 32 foizni taşkil qildi. Dinamika, özgarişlar köp.
Öylaymanki, Özbekistonning siyosiy elitasi, xalqi, siyosiy partiyalari uçun 2020 epoxasi boşlanyapti. Biz siyosiy partiyalarimiz saylov böldi, tugadi, endi yana tinçlansak böladi deb bölmaydi. Çunki bu saylovda saylovçilarning ularga bergan talabi, ularga qöygan savollari siyosiy partiyalar juda köp işlarni qilişi lozimligini va juda köp dasturlar va va'dalar bergani, şularni endi bugundan tadqiqotlarni olib, örganib, ilmiy yondaşib, özining amaliy faoliyatini yölga qöyişi kerak», dedi Şerzodxon Qudratxöjayev.













