Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 30 mart kuni koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşişni kuçaytiriş masalalariga bağişlab ötkazilişi rejalaştirilayotgan navbatdagi videoselektorda mamlakat xalqiga murojaat qilişi kutilmoqda. Bu haqda Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi vaqtida press-klub raisi Şerzodxon Qudratxöjayev aytib ötdi.
«Koronavirusdan zararlanişning ilk holati tasdiqlangan 15 martdan beri prezident şu masalada bir neça marta yiğiliş ötkazdi. Bir videoselektorda özim ham qatnaşdim.

Aytişim kerakki, işga munosabat, odamlarni tinglaşni körib qoyil qoliş mumkin. Masalan, Soğliqni saqlaş vaziri gapiryaptimi, uni 15 daqiqa uzmasdan tinglaş hamişa ham kuzatilmasdi. Bilamiz, boşqa rahbarlar mutaxassisning gapini bölib taşlardi.
Odam xursand böladiki, bugungi kunda professional, öz işini sevadigan odam qadrlanmoqda.
Ertaga ham muhtaram prezidentimiz tomonidan videoselektor ötkazilişi kutilmoqda. Selektor masofadan, barça viloyatlar vakillari iştirokida ötkazilişi közda tutilgan.
Videoselektorda prezidentimiz xalqimizga va tadbirkorlarga murojaat bilan çiqişi kutilmoqda», dedi Şerzodxon Qudratxöjayev.

















