«Insoniyat tarixida köplab vabolar bölgan va aynan şu davrlarda buyuk asarlar yaratilgan. Ya'ni inson özini anglaş, muşohada qiliş davri bu. Bugun jamiyat öylayapti! Avval 6-7 foizgina odamda haqiqiy muşohada qiliş va fikrlarini qoğozga tuşiriş qobiliyati bölgan bölsa, bugun ijtimoiy tarmoqlar rivoji tufayli bu körsatkiç ança oşdi», – deydi Qudratxöjayev.

– Muşohada töğrisida gapirdingiz. Bugun muşohada uçun vaqtimiz yetarliça, qadriyatlar töğrisida öylab oliş imkoniyati bor.

– Nazarimda, insoniyat tarixi 2019 yil va undan keyingi davrga bölinadi. Bu pandemiya töğrisida jahon miqyosida kinolar işlanadi, asarlar yoziladi. Bugun qadriyatlarni qayta baholaydigan payt keldi.

Farzandimizga ilm beradigan öqituvçilarni köngildagidek hurmat qilmadik, bugun işimiz tuşib turgan şifokorlarni kerak bölsa urdik ham. Lekin sinovli onlarda kim aslida kimligi bilinyapti. Butun xalq jips böladigan, hammasidan kerakli xulosa çiqaradigan kunlar keldi bugun.

– Özbekiston ança yillar yopiq davlat bölib keldi. Siyosatçilar, san'atkorlar, jurnalistlarning köpi «zapret»ga tuşdi. Sizning faoliyatingiz televideniye bilan bevosita boğliq. Hozir ham qandaydir taqiqlar bormi?

– Bizda şu köp sohalar qatori OAV faoliyatiga jiddiy salbiy ta'sir körsatgan «zapret» degan bir balo bor edi. Tasavvur qiling, agar biz yopiq davlatligimizça qolganimizda, bugun ham asl vaziyatni bilmay ötirardik. Nafaqat san'atkorlar, siyosatçilar, balki qator boşqa soha vakillari ham «zapret» mazasini «tatib körişdi».

Şaxsan özim ham prezident matbuot xizmatida işlagandan keyin 9 yil muddat taqiqda böldim. Bu haqda heç gapirmagandim, Kun.uz sayti muştariylari birinçi bölib eşitişmoqda. Mana, televideniyega qaytdim, işlayapman. Xalqaro press-klub jamoasi qator mukofotlarga loyiq körildi. Bularning hammasi uçun prezidentimizga minnatdorçilik bildiraman.

Xudoga şukr, bugun söz erkinligi, xalqimizni nima öylantirayotgan bölsa, töğridan-töğri efirlarda bemalol gapiryapmiz, muhokamalar qilyapmiz.

– Özi umuman «Mehr-şafqat va salomatlik» jamoat fondi taşkil etiş ğoyasi qanday tuğilgan va bu fond faoliyati haqida ham ma'lumot bersangiz?