AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, KXDR yetakchisi Kim Chen In Qo‘shma Shtatlarni hurmat qilishni boshladi, deb xabar bermoqda Reuters.
Tramp bu haqda Finiksdagi chiqishi davomida ma'lum qilgan.
«Mening fikrimcha, Kim Chen In bizni hurmat qilishni boshladi, bu ijobiy o‘zgarish», - degan Tramp.
Avvalroq AQSh tufayli Koreya yarim orolida urush chiqishi mumkin ekani ma'lum qilingandi.











