Avvalgi materialda uy oldi-sotdi jarayonini hujjatlaştiriş xususida söz yuritilgan edi. Bu safar hujjatlaştiriş uçun zarur bölgan ma'lumotnomalarni töplaşdek murakkab jarayonning har bir bosqiçida yuzaga keladigan holatlarni birma-bir körib çiqamiz, deb yozadi Norma.uz.
Demak, notarial idora xodimi sizga uy oldi-sotdi şartnomasini tasdiqlatiş uçun talab etiladigan hujjatlar röyxatini bir parça qoğozga yozib, qölingizga tutqazdi. Röyxatni olganingizdan keyin ma'lumotlarni özingiz töplaysizmi yoki muayyan tölov evaziga sizga ularni yiğib beradigan şaxsning nomiga işonçnoma qilib berasizmi — şuni hal etişingiz kerak. Hujjatlarni tezda özim töplab olaveraman-da, şuyam iş böpti-yu, deb öylasangiz, adaşasiz. Köpgina xizmatlar asta-sekin elektron şaklga ötib, ma'lumotlar töplaş jarayoni elektronlaşib borayotgan bölsa-da, uy oldi-sotdisini hujjatlaştiriş borasida hozirça idorama-idora yurib, hujjat töplaşingizga töğri keladi. Birinçidan, jarayon ançagina vaqtingizni oladi, yölkira, taksiga sarflanadigan pullar bilan birga asablaringizni ham “yeydi”. Baribir özingiz töplaşga qaror qilgan bölsangiz, quyidagi maslahatlar asqatişi aniq.
Hududiy kadastr boşqarmasidan ma'lumotnoma
Ma'lumotnomani oliş uçun kadastr boşqarmasiga:
• kadastr hujjatining asl nusxasi (uy rejasi, oldi-sotdi (hadya) şartnomasi va turar joyning boşqa hujjatlari jamlangan “kitobça”);
• uy egasining pasporti nusxasi va asl nusxasi;
• STIR nusxasi (soliq tölovçining identifikatsiya raqami) taqdim etiladi.
Ma'lumotnoma 3 kalendar kun mobaynida beriladi. U mutlaqo bepul. Faqatgina idora vakili ma'lumotnoma berişdan avval uyingizga kelib, qoğozdagilarning haqiqatga qançalik töğri kelişini tekşirib ketadi. Agar uy tarxini özboşimçalik bilan özgartirgan bölsangiz (yerlarni qöşib oliş, qöşimça xonalarni quriş, devorlarni buziş, oşxona joylaşuvini özgartiriş, oynalarni ğişt bilan yopiş), Vazirlar Mahkamasining 12.02.2009 yildagi 41-son “Aholi punktlarini kompleks qurişda şaharsozlik normalari va qoidalari qat'iy bajarilişini nazorat qilişni kuçaytirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq mutaxassis huquqbuzarlikka yöl qöyilganligini aniqlaydi. Bu esa sudda köriladigan iş bölib, sud noqonuniy ravişda qurilgan inşootlarni buziş, qoğozda körsatilgan dastlabki holatga keltiriş va mömaygina bölgan ma'muriy jarimani tölaş haqida ajrim çiqaradi. Buni yoddan çiqarmaslik zarur.












