O‘zbekiston delegatsiyasi Bishkek shahrida (Qirg‘iziston) qor barsi va uning ekotizimini saqlab qolish bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etadi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, forum 2017 yilning 25 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston delegatsiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Boriy Alixonov rahbarlik qiladi.











