Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shuvalov Toshkentdagi bozorlardan birida bo‘ldi. U Rossiyada ham shunday bozor tashkil qilmoqchi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekistonga tashrif davomida Toshkentning qadimiy, ayni paytda zamonaviy bozorlaridan birida bo‘lgan Rossiya hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalov Rossiyada ham shunday maskanlar tashkil etilishini istashi haqida aytib o‘tdi.
«O‘zbekistonda bozorlar faqat savdo majmuasi emas, ulkan madaniyat maskani hamdir. Rossiyada ham shunday bozorlar tashkil etishni istardik», deya uning so‘zlarini keltirgan O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Igor Shuvalov O‘zbekistonga tashrifi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlar haqida O‘zA muxbiriga quyidagilarni so‘zlab bergan:
«Mamlakatlarimiz Prezidentlari o‘rtasida do‘stona munosabatlar qaror topgan. Rossiya Federatsiyasi hukumatiga O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli barcha loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
Yaqinda men Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Rossiya hukumatlararo komissiyasining Rossiya tomonidan raisi etib tayinlandim. Buni juda muhim va mas'uliyatli vazifa, deb bilaman. Chunki O‘zbekiston buyuk tarix va ulkan iqtisodiy salohiyatga ega, Markaziy Osiyodagi yirik mamlakat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda mamlakatlarimiz uchun birdek manfaatli, istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Energetika sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish masalalariga e'tibor qaratildi. O‘zbekiston, Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy kabi mamlakatlar ishtirokidagi kooperatsion loyihalar ham bizda katta qiziqish uyg‘otmoqda».
Eksport hajmini oshirish uchun temir yo‘llardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari Rossiya bozoriga yetkazib berilmoqda. Biz Rossiyada ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talab yuqoriligini inobatga olgan holda mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish niyatidamiz. Buning uchun eksportchi korxonalarga keng imkoniyat berish, bojxona va fitosanitariya xizmatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, fan-ta'lim yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga ham e'tibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyadagi mehmonxonalarda «barchasi kiritilgan» tizimini bekor qilish taklif etildi
Jahon | 14:03
-
Toshkentda issiq suv va isitish ta’minoti tariflarini oshirish rejalashtirilyapti
Jamiyat | 13:59
-
Ayrim “uddaburonlar” davlatning arzon resursi hisobiga paxta “spekulyatsiyasi” bilan shug‘ullanayotgani tanqid qilindi
O‘zbekiston | 13:49
-
Rossiyani maqtagan Tramp, norozi Zelenskiy va G‘azoda davom etayotgan qirg‘in – kun dayjesti
Jahon | 13:44
Mavzuga oid

20:54 / 11.08.2025
Uch qahramon bozoridagi do‘konlarning 40 foizi yonib ketgan

16:56 / 05.08.2025
Maktabga tayyorgarlik: bozor qildingizmi?

13:49 / 19.07.2025
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori o‘sishni davom ettirmoqda

22:14 / 05.05.2025