Özbekistonda 1 sentabr — Qurbon Hayiti nişonlanadigan kun dam oliş kuni deb e'lon qilindi. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bu haqdagi qarorni 24 avgust kuni imzoladi. Qaror matni prezident matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.
«Muborak Qurbon hayitining ma'naviy hayotimizdagi örni, mohiyati va ahamiyatini, xalqimizga mansub mehr-oqibat, şukronalik va bağrikenglik ramzi ekanini e'tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni asraş va uluğlaş maksadida Özbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinçi kuni 1 sentabr juma kuniga töğri kelişi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2017 yil 1 sentabr mamlakatimizda bayram sifatida keng nişonlansin», — deyiladi hujjatda.
Respublika «Nuroniy», «Mahalla» jamğarmalari va boşqa barça mutasaddi idoralar, jamoat taşkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqning milliy qadriyatlariga mos ravişda ötişi uçun tegişli tadbirlarni amalga oşiriş haqida körsatma berilgan.
Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Özbekiston Milliy axborot agentligi va boşqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nişonlaş bilan boğliq tadbirlarni keng yoritiş tavsiya etilgan.

















