KUN.UZ ijodiy jamoasi Farğona vodiysi böylab safar davomida Namangan şahrida ham böldi. Tahririyat Xalqaro press-klubning Namangan viloyatidagi sayyor sessiyasi doirasida elektron manzilga kelgan murojaatlarga ham e'tibor qaratdi. Jumladan, murojaatlar orasida Namangan şahri, “Yuqori Ğirvon” MFY, “Ğirvonbuloq” mahallasi fuqarolarining muammosi e'tiborga molik.
Gap şundaki, Namangan şahar “Yuqori Ğirvon” mahalla fuqarolari yiğini “Ğirvonbuloq” mahallasida 400 ga yaqin xonadon mavjud bölib, ularga mazkur yerlar mamlakatimiz mustaqillikka erişgan ilk yillarda, Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidentining jamoa xöjaliklari yerlari hisobidan aholiga yer beriş haqidagi qaroridan söng berilgan.
Katta magistral yöldan pastda va Ğirvonsoy suv manbasidan yuqorida joylaşgan, elektr, gaz va suv kabi köplab kommunal qulayliklarga ega va transport tarmoği qulay joylaşgan hududda aholi şu paytga qadar yaşab kelmoqda. Biroq bu yil qurilişi kutilayotgan dam oliş oromgohi loyihasi sababli uşbu mahallada istiqomat qilayotan aholi orasida uylari buzilişi haqida xabarlar tarqaldi. KUN.UZ ijodiy guruhi vaziyatni örganiş uçun mahalla ahli bilan yuzlaşdi.

“Şunça aholi 1989 yildan beri bu yerda yaşaydi. Endi esa buziladi, degan gap çiqdi. Yoşimiz ham keksayib qoldi. 30 yil davomida oddiy toşloq joyni şu darajada obod qildik. Joriy yilning aprel oyida bu yerda akvapark quriladi, degan miş-mişlar paydo böldi. Buzilişni esa xonadonimizni ölçaşga kelgan kişilar kelganda bildik. Kelib 1-köçada yiğiliş ham ötkazişib, “15 kunning içida bu yerda birontangiz ham qolmaysizlar”, deyişibdi. Rozilik ham söraşmagan. Bu yerda esa 400 dan ortiq xonadon yaşaydi. Aytişlariga qaraganda, davlat emas, balki bir tadbirkor buzaman deyayotgan ekan. Uning akvaparki insonlardan ham azizmi?! Toşkentga ham borib, Devonxonaga ariza taşlab keldik. Biroq, javob bölmadi. Hokimning oldiga uç marta bordik, lekin qabul qilmadi. Prezident kelgan paytlarida yiğilib, ular bilan körişaylik, dardimizni aytaylik, desak “Yöq, uylar buzilmaydi”, deyişdi. Bizni köçaga ham çiqarişmadi”, - deydi mahalliy aholi vakillari.

Ğirvonbuloqliklarning biri qöyib, biri kuyinib gapirişar ekan, muammoning kundan kunga kattalaşib borayotganini tuşundik. Bu norozilikning yagona yeçimi - mutasaddi rahbarlar bilan muloqot qiliş, aholi örtasida tuşuntiriş işlarini olib boriş, şuningdek, ularni rozi qiliş. Ğirvonbuloqliklar bilan suhbat ustiga Namangan şahar hokimi örinbosari Saidahmad Sultonov keldi.


















