Xitoyda avtomobilni qöyiş qoidasini buzgan ayol antiqa tarzda jazolandi. The Sun naşrining ma'lum qilişiça, ayol avtomobilini belgilanmagan joyga qöyişni odat qilib olgan va bu bilan qolgan haydovçilarga xalaqit qilgan. Bundan norozi bölganlar ayolning avtomobilini öşa atrofdagi bir qavatli binoning tomiga kran yordamida köçirib qöyişgan.
Bensi şahrida yaşovçi ayol maşinasini tegişli ruxsatga ega bölmagan holda turar joy majmuasi hududiga qöygan. Bir marta u maşinasini 38 soatga qoldirib ketgan va buning uçun jarimaga ham solingan. Biroq u jarimani tölamagan.

Avtoturargoh qöriqçisi ayol bilan bu borada nizolaşib yurgan, biroq ayol avtoturargohdan noqonuniy ravişda foydalanib yuravergan. Qoidabuzar ayol navbatdagi marta maşinasini qolgan avtomobillar kirib-çiqişiga xalaqit qiladigan tarzda qöyganda turar joy majmuasi boşqaruv kompaniyasi kran çaqirtirib, ayol maşinasini bino tomiga oldirib qöygan.

Öşa kuni yana bir bor kranni çaqirtirişga töğri kelgan: bu gal u maşinani yerga tuşirib qöygan. Kranni kim çaqirtirganiga oydinlik kiritilmagan.

















