O‘zbekistonda boshqa davlatlardagi kabi xorijiy turistlar uchun maxsus karta Uzbekistan Pass joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu Prezidentning 16 avgustdagi “2018-2019 yillar turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.
Qaror bilan respublikaning barcha hududida amalga qiluvchi maxsus plastik kartani chiqarish taklif etilmoqda. U tovar hamda xizmatlarni chegirma bilan, jumladan onlayn tarzda xarid qilish imkonini beradi.
Uzbekistan Pass’ni aeroportlar, mehmonxonalar va boshqa joylarda sotib olish mumkin. U O‘zbekistonga kirish vizasi olinganda bepul tarqatilishi imkoniyati ham o‘rganib chiqiladi.
Rejaga ko‘ra, Uzbekistan Pass turoperatorlarning xizmatlari to‘plamiga kiritiladi. Plastik karta bilan madaniy obektlariga borish chog‘ida chegirmalar ham nazarda tutilgan.











