15:41 / 25.08.2017
5681

Marko Verratti hakamni haqorat qilgani uchun jazolandi

Foto: Getty Images

«PSJ» futbolchisi Marko Verratti Fransiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan «Tuluza»ga qarshi uchrashuvda (6:2) hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochka bilan siylanib, maydonni tark etgandi. Vaziyatdan norozi bo‘lgan italiyalik futbolchi ehtiroslarga berilgan va hakamni haqorat qilgan.

Natijada Fransiya ligasi tartib-intizom qo‘mitasi yarimhimoyachini yana qo‘shimcha 2 uchrashuvdan diskvalifikatsiya qilgan. Qizil kartochka tufayli o‘tkazib yuboriladigan o‘yinni qo‘shsak, Verratti bo‘lajak uchta uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Bu davrda parijliklar «Sent-Eten», «Metts» va «Lion»ga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuvni boshqarib borgan hakam Amori Direlyaga Verratti aynan qanday haqoratli so‘zni ishlatgani ma'lum emas.

Ma'lumot uchun, bu Markoning «PSJ» tarkibida Ligi 1musobaqalaridagi ikkinchi qizil kartochkasi sanaladi. So‘nggi marta u 2012/13 yilgi mavsumda maydondan chetlatilgandi.

Top