Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Millionlarni pisand qilmagan qimorbozlar qo‘lga olindi
Pastdarg‘om tumanida o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbiri davomida profilaktika inspektorlari tomonidan “qimorbozlar” qo‘lga olindi. Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
2017 yil 23 avgust kuni, soat 11.00larda Pastdarg‘om tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan Pastdarg‘om tumani “O‘rta charxin” mahallasida yashovchi fuqaro U.M. yashash uyining alohida xonasida pul evaziga qimorxona tashkil qilib, qimor o‘yini ishtirokchilari I.I., Sh.Yu. va U.X.larga qimor o‘yini uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.
O‘yinga tikilgan 1.783.000 so‘m pul va o‘yin kartalari daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB tomonidan fuqaro U.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:45 / 14.05.2026
Samarqand 2045 yilgacha ikki baravar kengayadi
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026