Rossiya iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Oreşkin “Putinning yangi arzandasiga aylandi”, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi prezidentning pozitsiyasi bilan taniş bölgan uç amaldorga asosan. Oreşkin 2016 yilning oxirida vazirlikka rahbar bölgandi.
Ularning ta'kidlaşiça, Putinning yonida yirik xalqaro forumlarda köp bora payqalayotgan vazir lavozimida işlagan avvalgi rahbarlardan köproq siyosiy ta'sirga ega.
Agentlikning xabar berişiça, aynan Oreşkin Vladimir Putin va AQŞ prezidenti Donald Trampning Hamburgdagi G20 sammitida ötkazilgan uçraşuvi tafsilotlarini birinçi bölib oçiqlagan.
Şuningdek, aynan Rossiya iqtisodiy rivojlaniş vaziri iyul oxirida Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot banki hamda Sarmoyalar kafolatlari böyiça köp tomonlama agentlikda Rossiyadan boşqaruvçi lavozimida moliya vaziri Anton Siluanov örnini egallagan.
Bundan taşqari, agentlikning ta'kidlaşiça, Oreşkin Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi işini yaxşilaş uçun norasmiy guruhni taşkil qilgan. Unga Citigroup’dan Yekaterina Vlasova, PricewaterhouseCoopers’dan Zoya Viktorova va McKinsey’dan Yuliya Urojayeva kabi şaxslar kirgan. Ularning bari Iqtisodiy rivojlaniş vazirligiga yaqinda kelişgan hamda vazirlik rahbari bilan juda yaqin aloqalarda, deb xabar bergan agentlikning ikki suhbatdoşi.
Oreşkinning özi Bloomberğga izoh berişdan boş tortdi.
Eslatib ötamiz, Oreşkin Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi rahbari lavozimida hibsga olingan va “işonçning yöqotişi sababli işdan böşatilgan” Aleksey Ulyukayevni almaştirdi. Oreşkin 2016 yilning noyabriga qadar moliya vaziri örinbosari bölib işlagan, öz faoliyatini esa Rossiya banki va Rosbankda boşlagan.












