Közguga boqing. Keçagi körinişingizdan farq u qadar katta emas, şundaymi? Endi esa 10-15 yil avvalgi suratingizni oling va közgudagi insonga taqqoslang. Farq bor, töğrimi?
Közlar ostidagi horğinlik belgilari, burun va lab atrofidagi mayda ajinlar... Terining tonusi avvalgidek emas. "Ortodoks" tibbiy portali yoş körinişning beş asosiy qoidasi bilan bölişdi.
Birinçi qoida: Töyib uxlang!

Ha, bu oddiy gapdek tuyulişi mumkin, lekin aslida bunda gap köp. Töyib uxlang! Atigi 3-4 soat uxlab, dunyoni egallagan buyuk insonlardan ibrat olmang. Napoleon deysizmi? Ha, u uç soat uxlagan, biroq 60 yoşga ham yetmay vafot etgan... Siz bunday hayot tarafdori emassiz-ku, axir. Şunday ekan, iş emas, organizmingiz qança talab qilsa, şunça uxlang.
Uyquni örganiş milliy jamiyatining yaqinda ötkazgan tadqiqotiga köra, 20-30 foiz kişi tizimli ravişda uyquga töymas ekan.
Uyqu vaqtida esa organizmning detoksikatsiya va regeneratsiya jarayoni röy beradi. Gormonlar işlab çiqariladi, muşaklar tonusi va insonning taşqi körinişiga ta'sir körsatuvçi ösiş gormoni hamda ziyon yetgan hujayralarning ta'mirlanişi bilan boğliq melatonin gormoni ham şular jumlasidandir.
Inson töyib uxlaşi uçun neça soat kerak böladi?
- Yangi tuğilganlar (0-3 oylik) - 14-17 soat;
- Çaqaloqlar (4-11 oylik) - 12-15 soat;
- Bolalar (1-2 yoş) - 11-14 soat;
- Boğça yoşidagi bolalar (3-5 yoş) - 10-13 soat;
- Maktab öquvçilari (6-13 yoş) - 9-11 soat;
- Ösmirlar (14-17 yoş) - 8-10 soat;
- Kattalar (18-64 yoş) - 7-9 soat;
- Keksalar (65 yoş yoş va undan katta) - 7-8 soat.
Ikkinçi qoida: Şirinliklardan tiyiling!

Tan oling, şirinliklarni yaxşi körasiz-a? Keçki payt televizor körib ötirib biror pişiriqni paqqos tuşirasiz. Iş ustida peçeneni "maydalab ötirasiz". Jaziramada esa - muzqaymoq. Endi öylab köring, sizning yoşingiz 16 da yoki hatto 25 da ham emas. Aynan şu yoşdan organizmda metabolizm sekinlaşadi va ilgari tezda hazm bölgan şirinliklar ortiqça yoğ sifatida tana vaznini oşirib boradi. Bu esa, öz örnida, organizmdagi toksinlarni "uşlab turadi".



















