Ğuzor tumanining Kerait qişloğida yaşovçi Xursand Jörayev (ism-familiyasi özgartirilgan) öziga tegişli joyda sex taşkil qilib, ğişt işlab çiqarişni boşlaganida faoliyatini qonuniylaştiriş xususida öylab ham körmadi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Çöntagiga tuşayotgan daromad bölinişini istamagan “tadbirkor”ning faoliyati 2011 yildan 2016 yilning 1 iyuliga qadar rosa “gurkiradi”. Bu vaqt oraliğida u 1 mln. 275 ming 960 dona, ya'ni 1 mlrd. 258 mln. 236 ming sömlik ğişt işlab çiqarib, 85 mln. 515 ming söm miqdorida nazorat qilinmaydigan daromad topdi. Yaşirin faoliyati oşkor bölgaç, unga tegişli bölgan jami 8 mln. 112 ming sömlik mahsulot va asbob-uskunalr aşyoviy dalil sifatida hujjatlaştirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan X.Jörayevga nisbatan jinoiy iş qözğatilib, sud hukmi bilan jazo muqarrarligi ta'minlandi.
















