Xitoyda 2021 yilda klublar örtasidagi yangi jahon çempionati bölib ötadi. U FIFA ğoyasiga köra Konfederatsiyalar kubogini almaştirişi lozim, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Naşr ma'lumotiga köra, har tört yilda ötkaziladigan va iyunning ikkinçi yarmida bölib ötadigan musobaqada 24 klub qatnaşadi. Ular har birida uçtadan bölgan sakkiz guruhga bölib taşlanadi. Birinçi örinni egallagan klub çorak finalga çiqadi. Musobaqada Yevropadan 12 jamoa, Janubiy Amerikadan beşta, Afrika, Osiyo hamda Şimoliy Amerikadan ikkitadan klub qatnaşadi. Taxminlarga köra, yana bir yöllanma uçun Okeaniya va boşqa konfederatsiya vakili kuraş olib boradi.
Yevropadan YeÇLning sönggi tört ğolibi, sönggi tört finalçisi va UYeFAning eng yaxşi koeffitsiyentiga ega yana tört jamoasi öz kuçini sinab köradi.

















