26 avgust kuni Özbekiston Respublikasi IIV vaziri general-mayor Abdusalom Azizov bayramoldi munosabati bilan Toşkent şahar IIBB şaxsiy tarkibi bilan uçraşuv ötkazgani xaqida xabar qilingan edi. 

IIV rahbari Abdusalom Azizov, Toşkent şahar hokimi Rahmonbek Usmonov, Toşkent şahar IIBB boşliği Bahodir Qurbonov, ŞIIBB rahbariyati, içki işlar faxriylari, keng jamoatçilik va OAV vakillari iştirokida taşkil etilgan tadbirda Toşkent şahri tumanlari IIB, YHXB, IIBB huzuridagi maxsus bölinmalar, kinologiya xizmati bölinmasi, post-patrul xizmati va boşqa xodimlari saf tortdi. 

Içki işlar vaziri Azizov respublika rahbariyati tomonidan mamlakatda huquqbuzarliklarning oldini oliş, jinoyatçiliklarga qarşi kuraşiş hamda içki işlar xodimlarining xalq orasidagi obrösini tiklaş böyiça tizimli işlar olib borilayotganini ta'kidladi. Şu bilan birga, xodimlarni, ayniqsa,  profilaktika nozirlarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, ularga xizmat joylaridan unça uzoq bölmagan hududlardan turarjoylar beriş, avtomaşinalar bilan ta'minlaş işlari olib borilayotgani haqida söz yuritdi. Azizovning alohida uqdirişiça, mamlakat hukumati içki işlar xodimlarining şaroitlarini yaxşilaş borasida jiddiy iş olib bormoqda. 

“Bir narsani aniq bilinglarki, har bir içki işlar xodimi davlat himoyasida böladi”, - dedi Azizov. 

Bundan taşqari, Azizovning ma'lum qilişiça, şahar hokimiyati bilan kelişilgan holda, Toşkent ŞIIBB xodimlari uçun har bir tumanda 1 tadan jami 11 ta 9 qavatli xizmat uylari barpo etiladi. 

Vazirning aytişiça, IIBB xodimlari tomonidan avgust oyi mobaynida 43 jinoyatçi aniqlanib uşlangan. Poytaxt hududida xavfsizlikni ta'minlaş böyiça olib borilgan çora-tadbirlar natijasida avgust oyi mobaynida şubhali köringan yoki huquqbuzarlik sodir etgan 35 ming kişi hududiy içki işlar bölimlariga olib kelingan profilaktika vajlari bilan tekşirilgan. Natijada qator jinoyatlar foş etilgan va qidiruvdagi şaxslar qölga olingan.

Vazir qisqa kunlar içida ikkita bayram va yangi öquv yilining birinçi kuni bölişi, xalq sayillari va ommaviy tadbirlar ötkazilişi içki işlar xodimlari zimmasiga yanada jidiy mas'uliyat yuklaşi, bu tadbirlar davomida jamoat xavfsizligini ta'minlaş, uyuşqoqlik bilan ötkaziş lozimligini ta'kidladi.