Kun.uz tahririyatiga Andijon viloyati, Uluğnor tumanidagi “Mingbuloq” qişloq vraçlik punktidagi holat yuzasidan murojaat kelib tuşgaç, viloyatning çöl tumaniga borib, vaziyatni tahlil qiliş harakatida böldik.
Töğrisi, arizaçilarni maktub bitiboq, zudlik bilan tanqidiy material kutişiga hayron bölasan, kişi. Tanqid qiliş qoçmas. Tahririyat nomidan biror murojaatni örganiş uçun borganda aynan öşa holatni kelib çiqiş sababi çuqur örganişga urinamiz. Aslida, murojaatni körib çiqişdan maqsad borib, tanqid qiliş emas, balki ma'lum bir natijaga erişişdir. Buning uçun tumandagi mutasaddilar bilan muzokaraga kirişiş va muammoni hal qiliş yölidan boramiz. Endi ayni paytda 10 mingga yaqin aholiga tibbiy xizmat körsatayotgan Mingbuloq qişloq vraçlik punktiga töxtalsak. Muassasa “Böston”, “Terakzor” va “Mingbuloq” mahallalarida faoliyat yuritadi.
zvdvdzcasc1.jpg&w=1200&q=75)
Ikki hafta oldin vraçlik punktiga borganimizdan söng, u yerga tuman hokimining quriliş işlari böyiça örinbosari Bobir Qöziyev va tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği Azizbek Otaxonovlar yetib kelişdi. Murojaatda körsatilgan kamçiliklar yuzasidan ular bilan suhbatlaşdik.
Hokim örinbosari şu yilning fevralida punkt haşar yöli bilan rekonstruksiya qilinib, foydalanişga topşirilgani, bino va xonalar zamonaviy köriniş kasb etgani bilan ayni paytda muassasa aholiga töliq va va sifatli xizmat körsatiş uçun yuz foiz tayyor emasligi sabablarini tuşuntirdi. Biz arzda körsatilgan suv muammosiga e'tibor qaratdik. Xonalar va taşqi fasaddagi kosmetik kamçiliklar şoşilinçda qilinganidan darak berib turibdi.
zvdvdzcasc2.jpg&w=1200&q=75)
Öşa kuni tuman hokimligi mutasaddisi bilan binoni körib çiqqanimizdan söng Bobir Qöziyev suv masalasini uç kun davomida mukammal holatga keltirib berişga va'da berdi. Biz va'daga işondik. Tört kun ötib muassasa mudiri Nurillo Egamberdiyev bilan telefon orqali boğlanganimizda u santexniklar kelgani, lekin suv çiqara olişmagani haqida aytdi. Yana tuman hokimi örinbosariga qönğiroq qildik. Söng viloyat soğliqni saqlaş bölimiga. 26 avgust kuni muassasa mudiri, binoda suv tuşgani aks etgan fotosuratlarni yuborib, minnatdorçilik bildirdi. Mudirning aytişiça, ertaga sanuzel tizimi töliq işlar ekan.
zvdvdzcasc3.jpg&w=1200&q=75)
Yuqorida QVP haşar yöli bilan qayta ta'mirlanganiga urğu bergan edik. Halqimizning haşari bor bölsin.
zvdvdzcasc4.jpg&w=1200&q=75)
zvdvdzcasc5.jpg&w=1200&q=75)















