Kun.uz tahririyatiga Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi «Obihayot» QFYdagi E.Xolmatov qişloq vraçlik punktidagi holat yuzasidan murojaat kelib tuşdi. Murojaatda QVP yangi ta'mirdan çiqqanligi, foydalanişga topşirilgani, bino va xonalar zamonaviy köriniş kasb etgani bilan ayni paytda muassasa aholiga töliq va  sifatli xizmat körsatiş uçun yuz foiz tayyor emasligi, şu bois davolaş maskani boş şifokori binoni qabul qila olmasligi  bildirilgan.

Biz murojaatda keltirilgan kamçiliklarni örganiş, vaziyatni tahlil qiliş maqsadida Zomin tuman «Obihayot» qişloq fuqarolar yiğiniga yöl oldik.

— E.Xolmatov nomidagi QVP 6 mingdan ziyod aholiga tibbiy xizmat körsatadi. Şu maskanga boş şifokor bölib kelganimdan söng eng katta korrupsiya qurilişda bölişiga yuz foiz işondim. Hayron bölmang, men asossiz gapirmayman. Bu yerdagi «öyin»larni bilsangiz, siz ham fikringizni özgartirasiz. Men işlayotgan QVP aslida joriy yilning 20 avgustida töliq ta'mirdan çiqarilib topşirilişi şart edi. Ta'mir uçun davlat tomonidan 621 mln 624 ming söm mablağ ajratilgan. Körsatilgan muddatdan roppa-rosa uç oy ötib ketdi, ammo bu şifo maskanida işlar hamon çala. Ta'mirlaş jarayonida smetada körsatilgan işlar töliq bajarilmagan. Qisqasi, közböyamaçilikka yöl qöyilgan. Polga yotqizilgan kafel tagiga avval qora saqiç qoğoz taşlanib, «styajka» qilinmasdan kafel yopiştirib ketilgan. Har bir eşikka qöyilişi kerak bölgan «anker» boltlari yöq. Suv tarmoqlari uçun möljallangan 1 metr diametrlik quduq qilinmagan. Xullas, aytaman desam gap köp. Şifokor bölsam ham, qurilişdagi bunday öyinlarni körib salkam quruvçi bölib ketdim. Men bu binoni qabul qila olmayman! Mana, özingiz qarang, hali qabul qilinmasdan nuray boşlayotgan bino qişloq ahliga qança xizmat qilişi mumkin?! — deydi QVP boş şifokori Odil Abdurazzoqov.

Binoning taşqi va içki tomonlarini közdan keçirib sezdikki, boş şifokorning sözlarida jon bor. Xonalar va taşqi fasaddagi kamçiliklardan quriliş işlari şoşilinç ravişda qilinganini biliş mumkin.

— Ayni paytda muassasa aholiga töliq va va sifatli xizmat körsatiş uçun yuz foiz tayyor, deb bölmaydi. Asli quruvçiman. Agar hisoblaşni boşlasak, bu yerga sarflanişi kerak bölgan pulning teng yarmi ketgan, xolos. Jumladan, hovliga qilinişi kerak bölgan 0,5 sm qalinlikdagi 43 smli şağal taşlanmagan, bordyurlar qilinmagan. QVPni atrofni öraş uçun smetada körsatilgan 2,520 tonna armaturadan atigi 900 kilodan ortiqroği işlatilgan. Darvoza örniga eskisi qöyib ketilgan. QVPning old tomoni tösiqlar bilan öralgan, ammo yon va orqa tomon oçiqligiça qolib ketgan. Nima emiş, «bu smetada körsatilmagan» emiş. Nogironlar çiqişi uçun möljallangan 3,6 metrli pandus yölakça 1,5 metr qilib yasab ketilgan. Kiriş zinalari yoniga örnatilişi kerak bölgan suyançiq, tayanç tutqiçlar örnatilmagan. Devorlar yorilyapti,ba'zi joylarda öpirilib ham tuşdi. Hojatxona, qöyilişi kerak bölgan ventilyatsiyalar haqida gapirmasam ham böladi», — deydi ismi oçiqlanişini istamagan suhbatdoşimiz.