«Soğliqni saqlaş tizimining birlamçi böğinidagi davolaş sifati haqida gap borar ekan, buning uçun şaroit va kadrlar yetişmasligi aytib ötildi. Xodimlarni rağbatlantiriş, malakasi va lavozimini oşirişga e'tibor yöq.

Qişloq vraçlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda 20 mingdan ziyod vraçlik ştati mavjud, lekin 12 ming şifokor işlamoqda. Çunki bugungi kunda umumiy amaliyot şifokori kasbi tibbiyot oliygohlari bitiruvçilari uçun jozibador emas», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Şu bois prezident şifokorlarga munosib şaroitlar yaratiş orqali ularni eng quyi böğin – qişloq vraçlik punkti va oilaviy poliklinikalarga jalb qiliş zarurligini ta'kidladi.

Buning uçun çekka hududlardagi birlamçi böğin tibbiyot tizimi uçun «Qişloq şifokori» dasturi joriy qilinadi. Bu dasturga muvofiq çekka hududlardagi birlamçi böğinga işga kirgan tibbiyot xodimlariga 30 million söm miqdorida bir martalik pul mablaği beriladi, ular xizmat uyi bilan ta'minlanadi yoki ijara tölovi kompensatsiya qilinadi.

Şifokorlarga bölgan ehtiyojlarni mahallalar kesimida aniqlab, tibbiyot oliy öquv yurtlarida kvotani oşiriş, ipoteka asosida qurilayotgan uy-joylarni avvalo birlamçi böğin şifokorlari uçun ajratiş böyiça körsatmalar berildi. 

Aholi ehtiyojidan kelib çiqib, kelgusi yilda 100ta qişloq vraçlik punkti va 24ta oilaviy poliklinika taşkil etilişi belgilandi.