Keniyada polietilen paketlarga qöyilgan taqiq kuçga kirdi, deb xabar bermoqda «Bi-bi-si».
Qonunga muvofiq, paketlarni sotib oliş, tayyorlaş, sotiş va foydalaniş uçun 38 ming dollargaça jarima belgilanişi yoki tört yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi berilişi mumkin.
Hukumatdan ma'lum qilişlariça, taqiq atrof-muhitni muhofaza qilişda yordam beradi.
Şu bilan birga, polietilen paket işlab çiqaruvçilarining iddao etişiça, bunday taqiq sabab taxminan 80 ming kişi işidan ayriladi.
Ta'kidlanişiça, keniyaliklar bir oyda 24 million dona paketdan foydalanadi. Keniyada bu plastik paketlarni taqiqlaş böyiça sönggi 10 yildagi uçinçi urinişdir.
Avvalroq olimlar polietilen paketçalarni yeydigan qurtlarni aniqlaşgandi.

















